» » Jarima talonlaridagi xato Nyu-York ma’muriyatiga 26 million dollar zarar keltirdi

Jarima talonlaridagi xato Nyu-York ma’muriyatiga 26 million dollar zarar keltirdi


Nyu-York rasmiylari jarima avtoturargohi talonlarida yo‘l qo‘yilgan xato tufayli 26 million dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda, New York Post gazetasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Shahar moliya departamenti vakili Sonya Alleynga ko‘ra, oldin qoidabuzarliklardan birining kod raqami o‘zgartirilgan edi, ammo jarima kvitansiyalarida raqam o‘zgarishsiz qolib ketdi. Natijada yarim millionga yaqin jarima talonlari bekor qilindi.

Aytilishicha, jarima to‘lagan 400 mingdan ortiq haydovchi umumiy miqdorda 18 million dollarga teng tovon pulini olgan. Bundan tashqari, yana 100 ming kvitansiya bekor qilingan, ulardan shahar g‘aznasiga 8 million dollar atrofida pul tushishi lozim edi.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют