» » Turkiya bosh vaziri IShID jangarilari Raqqadan qurol bilan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yib bergani uchun AQShni tanqid qildi

Turkiya bosh vaziri IShID jangarilari Raqqadan qurol bilan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yib bergani uchun AQShni tanqid qildi


Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim AQShni IShID jangarilari Suriyaning Raqqa shahridan ekin chiqib ketishiga imkon yaratib bergani uchun tanqid ostiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Oldinroq Suriyaning doimiy vakili IShIDning Raqqa va Dayr az-Zavrdan chekinishini AQSh boshchiligidagi koalitsiya ta’minlaganini ma’lum qilgan edi. BBC telekanali o‘tkazgan taftish yakunlariga ko‘ra ham shunga yaqin xulosalar qilindi. Materialda, xususan, kurd guruhlari koalitsiya bilan birga terrorchilar bilan kelishuv tuzgani va shu asosda ularning Raqqadan qo‘lida qurol bilan chiqib ketishini ta’minlagani aytiladi.

“Nima bo‘layotganini ko‘ring. Raqqani IShIDdan tozalash o‘rniga AQSh jangarilarning qo‘lida qurol bilan chiqib ketishiga ko‘maklashdi — bu 50 ta yuk mashinasidan iborat konvoy, shulardan o‘ntasiga og‘ir qurollar yuklangan. Biz Amerikaga aytdik: bir terrorchilar yordamida ikkinchilarini yo‘q qilish — terrorga qarshi kurashayotgan davlatning ishi emas”, — dedi Yildirim hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi oldida so‘zlagan nutqida.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют