» » Pentagon Rossiya mudofaa vazirligining IShID bilan hamkorlik haqidagi ayblovlariga javob berdi

Pentagon Rossiya mudofaa vazirligining IShID bilan hamkorlik haqidagi ayblovlariga javob berdi


AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakili polkovnik Rayan Dillon Rossiya mudofaa vazirligining IShID bilan hamkorlik borasidagi ayblovlari isbotsiz yolg‘on ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Isbotsiz, noaniq va to‘laligicha yolg‘on”, — dedi Dillon, bunga izoh berarkan.

Dillonning fikricha, Rossiya shu yo‘l bilan Suriyada duch kelgan qiyinchiliklardan jahon hamjamiyatini chalg‘itmoqchi.

“Men ba’zi rasmlari videoo‘yinlardan olingani haqidagi xabarlarni ko‘rdim”, — dedi Dillon Bag‘dodda o‘tgan brifingda.

Muqaddam mudofaa vazirligi “Qo‘shma Shtatlar tomonidan IShIDning jangga qodir otryadlari ta’minlanayotganining rad etib bo‘lmas dalillari”ni e’lon qilgan edi. Ammo suratlardan biri AC-130 Gunship Simulator: Special Ops Squadron mobil o‘yinidan olingan skrinshot ekani ma’lum bo‘ldi. Matbuotda bu borada xabarlar chiqqanidan so‘ng Rossiya mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlardan ushbu suratlarni o‘chirib tashladi.

Birozdan so‘ng mudofaa vazirligi bunday axborotning chiqib ketishi bilan bog‘liq hodisa o‘rganilayotganini ma’lum qildi va, ta’kidlanishicha, “rad etib bo‘lmaydigan dalil” bo‘la oladigan boshqa suratlarni chop etdi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют