» » AQSh Kongressi sobiq prezidentlarga to‘lanadigan pensiya hajmini qisqartirdi

AQSh Kongressi sobiq prezidentlarga to‘lanadigan pensiya hajmini qisqartirdi


AQSh Kongressi sobiq prezidentlarga to‘lanadigan pensiya hajmini qisqartirishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Aytilishicha, ushbu qonun qabul qilinishiga hozirgi prezidentlar millionlab maosh olayotgani, ularga moddiy yordam kerak emasligi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘ldi.

Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, sobiq prezidentlar ommaviy ma’ruzalar va kitoblar yozish hisobiga katta daromad ko‘rishi mumkin.

“Bunday imkoniyatlar borligi tufayli sobiq prezidentlarga 1958-yili o‘ylangani kabi soliq to‘lovchilar hisobidan yordam berishga ehtiyoj yo‘q”, — dedi loyiha muallifi, Jorjiya shtatidan saylangan kongressmen Jodi Xays.

1958-yili qabul qilingan qonunga muvofiq, sobiq prezidentlar har yili olti katakli sondan iborat pensiya, shuningdek, xodimlarining maoshi, xizmat xonalari va boshqa xarajatlari uchun yordam olish huquqiga ega.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 01:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют