» » Donald Trampga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan velosipedchi ayolni qo‘llab-quvvatlash uchun 70 ming dollar yig‘ildi

Donald Trampga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan velosipedchi ayolni qo‘llab-quvvatlash uchun 70 ming dollar yig‘ildi


Amerikalik marketolog Juli Briksmenni qo‘llab-quvvatlash uchun 70 ming dollar yig‘ildi. U AQSh prezidenti Donald Trampning kortejiga qarata nojoiz qiliq qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

“Rahmat senga, Juli Briksmen” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan pul yig‘ish jarayoni Go Fund Me saytida Rob Mello tomonidan e’lon qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayolning ishdan bo‘shatilishi uning Konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqlarini buzish hisoblanadi. Mello Briksmen bilan bog‘lnagan va ayol bu tashabbusni ma’qullagan.

Yetti kun ichida uch mingdan ortiq kishi pul yig‘ishda o‘z hissasini qo‘shgan. Asosiy maqsad — 100 ming dollar yig‘ish. Xayriyani ismni ko‘rsatib yoki anonim holda qilish mumkin.

Yoshi 50 da bo‘lgan ayolning ikki nafar farzandi bor. U Virjiniya shtatining Sterling shahrida yashaydi. Ayolning uyi yaqinida Trampning Milliy golf klubi joylashgan. Prezident klubdan qaytayotganda, ayol xuddi shu yo‘nalishda velosipedda ketayotgan edi. Kortejga yetib olgan Briksmen o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan va boshqa tomonga burilib ketgan. Fotosuratni Trampning matbuot xizmati fotografi olgan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют