» » AQShda ilk bor mikrochip o‘rnatilgan tabletkalar sotuviga ruxsat berildi 

AQShda ilk bor mikrochip o‘rnatilgan tabletkalar sotuviga ruxsat berildi 


AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar nazorati ma’muriyati (Food and Drug Administration, FDA) tarixda ilk bor mikrochip o‘rnatilgan tabletka sotuviga ruxsat berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Gap Yaponiyaning Otsuka kompaniyasi ishlab chiqaradigan va psixozlarni davolash uchun qo‘llanadigan Abilify preparatiga o‘rnatilgan chip haqida ketmoqda.

Tabletkani yutish jarayonida chip mijoz va uni davolovchi shiforkor mobil qurilmasiga ma’lumot yo‘llaydi. Bu bilan mijoz dorini qabul qilish tartibiga rioya etmasligining oldi olinadi.

Shifokorlar maslahatiga amal qilmaslik zamonaviy tibbiyot, xususan, surunkali kasalliklarni davolashdagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu, bir tomondan, farmkompaniyalar daromadi kamayishi, ikkinchi tarafdan, salomatliklari yomonlashgani sababli mijozlarning davolanish uchun xarajatlari ortishiga olib keladi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют