» » Tinch okeanida ming yillardan buyon yuzaga chiqmagan suv qatlami topildi

Tinch okeanida ming yillardan buyon yuzaga chiqmagan suv qatlami topildi


Yangi Janubiy Uels universiteti (Avstraliya) olimlari Tinch okeanining shimoliy qismida qariyb ming yildan buyon hech qachon yuzaga ko‘tarilmagan suvni aniqladi, deb yozadi “Vesti.ru” Nature jurnalidagi maqolaga tayanib.

Ikki kilometr chuqurlikdagi maxsus qatlamda “qamalib qolgan” suyuqlik hech qachon havo bilan aloqaga kirishmagan.

“Radiouglerodli tahlil eng qadimiy suv Tinch okeani shimoliy qismi tublarida ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu chuqurlikda ‘soyali hudud’ bo‘lib, u yerda vertikal harakat deyarli umuman yo‘q, bu esa ushbu joydagi suvni bir necha asrlardan buyon tutib turibdi”, — dedi olimlar.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ba’zi joylarda okean tubi relyefi va geotermal manbalar sovuq suv harakatini o‘zgartiradi. Bunday oqimlar okean tubi bo‘ylab shimolga harakatlanadi, yengilroq bo‘lgan iliq suv esa uning ustidan o‘tib, janubga ko‘chadi.

Ammo ba’zi joylarda bu sirkulyatsiya buzilgan. Harorati har xil bo‘lgan suv oqimlari harakatining trayektoriyasidagi farq o‘ziga xos o‘yiqni yuzaga keltirgan, u yerda esa Tinch okeani yuzasiga ko‘tarilmagan suv to‘planib qolgan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют