» » Kanada bosh vaziri ASEAN sammitini yoritayotgan jurnalistlar uchun selfi-sessiya o‘tkazdi

Kanada bosh vaziri ASEAN sammitini yoritayotgan jurnalistlar uchun selfi-sessiya o‘tkazdi


Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitini yoritayotgan jurnalistlar uchun o‘ziga xos selfi-sessiya o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Maniladagi xalqaro media-markazda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan so‘ng asosan Filippin OAVlari vakillari bo‘lgan o‘nlab jurnalistlar Kanada bosh vazirini esdalik uchun fotosiz zalni tark etishiga qo‘ymadi. Tryudo hech kimning ra’yini qaytarmadi va reportyorlarning olqishiga sabab bo‘ldi.

Kanada bosh vaziri Manilada bo‘lgan kunlari qo‘riqchilarini bir necha bor shoshirib qo‘ydi. Aeroportda protokolga zid ravishda rasmiy delegatsiyalarni kutib olayotgan milliy libosdagi artistlar bilan ko‘rishish uchun ular tomon yo‘l oldi. Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash loyihasi bo‘yicha uchrashuvda esa qatnashchilaridan birining iltimosiga ko‘ra u va boshqa mahalliy biznes-xonimlar yuzidan o‘pib qo‘ydi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют