» » Hindistonning Tata konserni Tesla’ning raqibi uchun 900 mln dollar sarmoya kiritdi

Hindistonning Tata konserni Tesla’ning raqibi uchun 900 mln dollar sarmoya kiritdi


Hindistonning Jaguar va Land Rover’ga egalik qiluvchi Tata konserni Amerikaning Faraday Future kompaniyasiga 900 million dollar kiritdi, u yaqin kelajakda o‘zining ilk modelini chiqarishga kirishishi kerak, deb yozadi “Motor”.

So‘nggi vaqtlarda Faraday Future kompaniyasi qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda: oktabrda uni bir yo‘la ikki top-menejer tark etgan edi. Bundan tashqari, marka birinchi modelni bozorga chiqarishni 2019-yilga qoldirdi.

Tata konserni Faraday Future’ning 10 foizli aksiyalari paketidan tashqari, Amerika firmasining elektr va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. 2016-yil oktabrida Faraday Future Janubiy Koreyaning LG Chem kimyo firmasi bilan elektromobillar uchun dunyodagi eng sig‘imdor litiy-ionli akkumulyatorlarni yaratish haqida shartnoma tuzgan edi.

Faraday Future’ning ilk modeli — FF 91 krossoveri yanvarda taqdim etilgandi. 5,2 metrli yo‘ltanlamas bir marta olgan quvvati bilan 700 km yo‘l bosa oladi. 2,39 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют