» » Zimbabve harbiylari davlat to‘ntarishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Zimbabve harbiylari davlat to‘ntarishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi


Zimbabve harbiylari 15-noyabr, chorshanba kuni davlat televideniyesi efirida xalqqa murojaat qilib, davlat to‘ntarishini amalga oshirmaganligini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bu hukumatga qarshi harbiy davlat to‘ntarishi emas. Biz xalqni ishontirib aytamizki, prezident va uning oilasi xavfsizlikda, biz uni kafolatlaymiz. Biz prezident atrofidagi jinoyatchilarni javobgarlikka chaqiramiz, ularning harakatlari ijtimoiy va iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi”, — dedi harbiylar.

Avvalroq harbiy xizmatchilar guruhi Xararedagi Zimbabve davlat teleradiokompaniyasi binosini o‘z nazorati ostiga olgani xabar berilgan edi. Qurollangan askarlar shahar markazini ham egallab oldi, u yerda portlashlar ovozlari eshitildi. Otishmalar tovushlari mamlakatning 93 yoshli prezidenti Robert Mugabening qarorgohi yaqinidan ham eshitilgan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют