» » Rossiya Ispaniyaga 3 ta, Nigeriya Argentinaga 4 ta gol urdi. Braziliya Germaniya kabi inglizlar postiga yo‘l topa olmadi

Rossiya Ispaniyaga 3 ta, Nigeriya Argentinaga 4 ta gol urdi. Braziliya Germaniya kabi inglizlar postiga yo‘l topa olmadi


FIFA kunlari doirasida JCh—2018 uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoalar navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.

Rossiyaga kelib, mundial mezbonlari ustidan zafar quchgan Argentina, bu safar Nigeriyadan mag‘lub bo‘ldi. Sampaoli shogirdlari 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgandi. Nigeriyaning APLda to‘p suruvchi futbolchilari esa yakunda jamoasining irodali g‘alabasini ta’minlay oldi.

Gollar: Ever Banega, 26 (1:0). Serxio Aguero, 36 (2:0). Kelechi Ixeanacho, 45 (2:1). Aleks Ivobi, 52 (2:2). Brian Idovu, 55 (2:3). Aleks Ivobi, 74 (2:4).

JCh—2018 mezboni Rossiya esa Ispaniya bilan durang o‘ynadi 3:3. Saralashda Italiyani qoldirib ketgan ispanlar safida Serxio Ramos dublga erishdi. Bunda “Real” himoyachisi penaltilardan unumli foydalandi.

Videotakrorlar ko‘rsatib berdiki, penaltilar shubhali edi. Birida rossiyalik futbolchi to‘pni qo‘li bilan emas, yelkasi bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchisida esa to‘p jarima maydonchasi ichiga uzatilganda, ikki futbolchi o‘rtasida kichik to‘qnashuv sodir bo‘lgani ko‘rindi.

Gollar: Xordi Alba, 9 (0:1). Serxio Ramos, 35-pen (0:2). Fyodor Smolov, 41 (1:2). Aleksey Miranchuk, 51 (2:2). Serxio Ramos, 54-pen (2:3). Fyodor Smolov, 70 (3:3).

Jahon Chempionatidan chetda qolgan Gollandiya termasi o‘zining so‘nggi ikki o‘rtoqlik o‘yinida zafar quchdi. Bungacha gollandlar saralashning so‘nggi turida Shvetsiyani 2:0 hisobida taslim qilib ham, maqsadiga yeta olmagandi. O‘rtoqlik o‘yinlarida esa Shotlandiya 1:0, Ruminiya 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi.

Gollar: Memfis Depay, 47 (0:1). Rayan Babel, 57 (0:2). Nayjel de Yong, 82 (0:3).

Kosta-Rika termasi CONCACAF saralashini muvaffaqiyatli yakunlagandi. Biroq amerikalik futbolchilar JCh yo‘llanmasidan quruq qolgan Vengriyadan mag‘lubiyat qabul qilib oldi. FIFA reytingida 22-o‘rinni egallab turgan jamoa to‘rt kun oldin Ispaniyadan qaqshatqich zarba qabul qilib olgandi — 0:5.

Gol: Nemanya Nikolich, 37 (1:0).

Urugvay termasi Avstriyaga imkoniyatni boy berdi — 1:2. Jamoaning ko‘hna qit’aga tashrifi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Avvalroq Urugvay Polsha bilan golsiz durang o‘ynagandi — 0:0.

Gollar: Marsel Zabitser, 6 (1:0). Edinson Kavani, 10 (1:1). Luis Shaub, 87 (2:1).

Germaniya va Fransiya termalari o‘rtasidagi bellashuv kechagi kunning eng qiziqarli o‘yini bo‘ldi, deyish mumkin. Bunda jahonning amaldagi chempioni, Yevropa Chempionatining amaldagi finalchisiga qarshi o‘yinning so‘nggi soniyalarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Yaqindagina nemislar Angliya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Fransiya Uelsni taslim qilgandi — 2:0.

Gollar: Aleksandr Lyakazett, 34 (0:1). Timo Verner, 56 (1:1). Aleksandr Lyakazett, 71 (1:2). Lars Shtindl, 93+ (2:2).

AQShni sensatsion ravishda Rossiya mundialidan chetda qoldirgan Panama to‘rt kun avval Erondan mag‘lub bo‘lgandi — 1:2. Bu safar ular Garet Beyl vatandoshlari bilan durang o‘ynadi — 1:1.

Gollar: Tom Lourens, 75 (1:0). Armando Kuper, 93+ (P).

Noaniq penalti: Sem Vouks, 42 (U).

Rossiyadagi Jahon Chempionatiga kelmaydigan AQSh esa Portugaliya bilan durang qayd etdi. Bungacha portugaliyalik futbolchilar Saudiya postiga javobsiz 3 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.

Gollar: Jon Makkeyn, 21 (0:1). Vitorino Antunes, 31 (1:1).

Va nihoyat kechagi kunning eng shov-shuvli o‘yini haqida. Futbol vatani va futbol afsungarlari vatani o‘rtasidagi bellashuvda muxlislar gol ko‘rishmadi. Inglizlar bungacha nemislar bilan ham “teshkulchalar”ga rozi bo‘lgandi. Braziliya esa Yaponiyani taslim qilgandi — 3:1.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют