» » BMT Zimbabvedagi vaziyatni kuzatmoqda

BMT Zimbabvedagi vaziyatni kuzatmoqda


BMT harbiy xizmatchilar davlat teleradiokompaniyasi binosini o‘z nazorati ostiga olib, so‘ng davlat to‘ntarishi haqidagi xabarlarni rad etgan Zimbabvedagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqda jahon tashkiloti bosh kotibi rasmiy vakili Farxon Xak ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz vaziyatni o‘rganyapmiz. Xararedagi jamoamiz xavfsizlikda va ayni paytda o‘z ishini davom ettirmoqda”, — dedi u.

Avvalroq harbiy xizmatchilar guruhi Xararedagi Zimbabve davlat teleradiokompaniyasi binosini o‘z nazorati ostiga olgani xabar berilgan edi. Qurollangan askarlar shahar markazini ham egallab oldi, u yerda portlashlar ovozlari eshitildi. Otishmalar tovushlari mamlakatning 93 yoshli prezidenti Robert Mugabening qarorgohi yaqinidan ham eshitilgan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 8) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют