» » Rossiya Davlat dumasida SIM-kartalarni shaxsni tasdiqlovchi hujjatga aylantirish taklif etildi

Rossiya Davlat dumasida SIM-kartalarni shaxsni tasdiqlovchi hujjatga aylantirish taklif etildi


Rossiya Davlat dumasi bahorgi sessiyada yangi qonun loyihasini ishlab chiqishni boshlaydi, unga muvofiq, SIM-karta Rossiya fuqarosining to‘la-to‘kis shaxsini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi, deb yozadi TJournal Davlat dumasining moliya bozori bo‘yicha qo‘mitasi raisi Anatoliy Aksakovga tayanib.

“Ayni paytda sotilayotgan SIM-kartalar ustidan nazorat ancha kuchsiz, u kuchaytirilgan taqdirda esa, SIM-kartalar to‘la-to‘kis shaxsiyat identifikatoriga aylana oladi. U holda shaxsni tasdiqlovchi asosiy hujjatni doim o‘zi bilan olib yurish shart bo‘lmaydi. SIM-kartalar bo‘yicha, oxir-oqibat kreditni rasmiylashtirish ham mumkin bo‘ladi”, — dedi u.

Loyihani ishga tushirish uchun SIM-kartalar davlat reyestrini yaratish, shuningdek, firibgarlikning oldini olish uchun ular ustidan nazoratni kuchaytirish kerak bo‘ladi.

Bir kishi sotib oladigan SIM-kartalar soni cheklanmaydi — ularning har biri to‘la-to‘kis identifikator bo‘ladi va ularni uchinchi shaxslarga berish mumkin bo‘lmaydi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют