» » Buyuk Britaniya Rossiya xakerlarini OAVga hujumlarda aybladi

Buyuk Britaniya Rossiya xakerlarini OAVga hujumlarda aybladi


Buyuk Britaniya Kiberxavfsizlik milliy markazi rahbari Kiren Martin Rossiya Britaniya OAVlari, telekommunikatsiya va energetika sektorlariga kiberhujumlar uyushtirish yo‘li bilan saylovlarga aralashganligini aytdi, deb yozadi “Vedomosti”.

“Men razvedka materiallari tafsilotlarini ayta olmayman, ammo tasdiqlay olamanki, Kiberxavfsizlik milliy markazi aniqlagan Rossiya aralashuvi Britaniya matbuoti, aloqa va energetika blokiga hujumlarni o‘z ichiga olgan”, — dedi u.

Martinning aytishicha, markaz “xavfni aniqlashtirib olish” uchun xalqaro sheriklar, industriya va jamoatchilik vakillari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Rossiyani saylovlarga aralashganlikda va “axborotdan qurol sifatida foydalanish”ga uringanlikda ayblagan edi. U shuningdek, mamlakatni xalqaro tartib uchun xavf deb atagan edi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют