» » Perulik dehqonlar tasodifan Amerikadagi eng qadimiy freskani yoqib yubordi

Perulik dehqonlar tasodifan Amerikadagi eng qadimiy freskani yoqib yubordi


Peru shimolidagi Lambayeke tarixiy hududida joylashgan 4500 yillik Ventarron arxeologik yodgorligi yong‘in natijasida zarar ko‘rdi: alanga inshootlar va artefaktlarning 95 foizini yo‘q qildi, deb yozadi National Geographic.

2007-yilda ochilgan majmuaning devorlarini bezab turgan 4000 yillik freskalar butun Amerikadagi eng qadimiylari deb topilgan edi. Yong‘in oqibatida qadimiy relyeflar, kulolchilik buyumlari va boshqa topilmalarga ham ziyon yetdi.

Olimlar yetgan zararni tuzatib bo‘lmaydigan deb atamoqda va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.

Pomalco qishloq xo‘jalik kompaniyasi vakillari dalalarni keyingi ekin mavsumiga tayyorlash uchun qamishzorlarni yoqqan edi, ammo alanga nazoratdan chiqib ketib, yon-atrofga ham tarqalib ketdi.

Buning ustiga arxeologik majmua noqulay ob-havodan himoya sifatida arzon hamda tez alanga oladigan materiallar bilan to‘sib qo‘yilgan edi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют