» » Next majmuasida Happy Fridays aksiyasi

Next majmuasida Happy Fridays aksiyasi


Bilamiz, juma kuniga ko‘pchilikning mehri bо‘lakcha. Bunga turli tuman sabablar bor — birov bu kunning muborakligini esga olsa, kimdir uchun dam olish kunlari boshlanayotgani о‘zgacha xushkayfiyat bag‘ishlaydi. Next oilaviy majmuasi juma kuniga quvonish uchun yana bir bahona topdi — bir oy davomida majmuada yangi Happy Fridays yutuqli aksiyasi о‘tkaziladi. Ishtirokchilar bu safar har juma qimmatbaho maishiy texnika buyumlarini yutib olish imkoniyatiga ega bо‘ladilar.

Albatta, shundoq ham ko‘pchiligimiz juma kunining kelishini orziqib kutamiz, shu bahona ko‘pdan buyon qo‘l tegmayotgan ishlarni bitirish yoki yaqinlar davrasida maroqli hordiq chiqarishni ko‘ngilga tugib turamiz. Next oilaviy majmuasida uyushtirilayotgan yangi Happy Fridays aksiyasi bilan mehnat haftasining yakuni yanada quvonchli va hayajonli bo‘ladi. 17-noyabrdan boshlab 15-dekabrgacha har juma, ishtirokchilarning bevosita ko‘z o‘ngida tasodifiy tanlov asosida uchtadan g‘olib aniqlanib, qimmatbaho maishiy texnika bilan mukofotlanadi.

Aksiyada ishtirok etish uchun nima qilish kerak? Hammasi juda oson – aksiya kunlari do‘konlarda qilingan xaridlarning cheklarini yig‘ib, ishtirokchilarni qayd etish bo‘limida, ya’ni majmuaning birinchi qavatida faoliyat olib boradigan maxsus bo‘linmada 10:00 dan 22:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish kerak. Chekning minimal qiymati – 300 000 so‘m. E’tibor bering, ushbu qiymat faqat bir do‘kondan xarid qilingan mahsulotlar qiymati asosida shakllangan bo‘lishi kerak, ya’ni turli do‘konlardan umumiy qiymati ko‘rsatilgan miqdorga yetgan cheklar ro‘yxatga olinmaydi.

Happy Fridays aksiyasini o‘tkazish muddatlari:

Yutuqli o‘yinlar juma kunlari — 17 va 24-noyabryada, 8 va 15-dekabrda soat 20:00 dan boshlab Next majmuasi birinchi qavatidagi atriumda bo‘lib o‘tadi. Shu kuni yaxshi niyatlar bilan, yaqin insonlar davrasida bo‘lsa nur ustiga a’lo nur, 10:00 dan 20:00 gacha qadar Next majmuasiga tashrif buyurib, to‘ldirilgan kuponning yirtib olinadigan qismini lototronga tashlash hamda yutuqli o‘yin o‘tkazilishini kutib turish kerak bo‘ladi, xolos. Eslatamiz, sovrinlar o‘ynalayotganda shaxsan ishtirok etish shart – yutuq faqat shaxsan o‘zi ishtirok etgan ishtirokchiga beriladi.

Happy Fridays aksiyasining to‘liq qoidalari bilan Next oilaviy majmuasining internet saytida tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (15-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют