» » Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi

Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi


Hindistonning Haydarobod shahri hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Trampning tashrifi oldidan ko‘chalardagi 200 dan ortiq tilanchini “yashirib qo‘ydi”. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

So‘nggi hafta ichida 200 nafar uysiz fuqarolar ikki shahar qamoqxonasi hududidagi vaqtinchalik joylashtirish markazlariga yo‘naltirilgan.

Bundan tashqari, mahalliy hukumat vakillari tilanchilik bilan shug‘ullanadigan fuqarolarga Haydaroboddagi jamoat joylariga kelishni taqiqladi.

Ivanka Tramp Haydarobodga dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy tadbirkorlik sammiti doirasida tashrif buyuradi.

Xabarda qayd etilishicha, dekabr oyidan boshlab shahar ko‘chalarida uysiz kishilar yurgani haqida hukumatga ma’lumot bergan istalgan kishi pul mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin.

Shahar politsiyasi esa ko‘chalarning tilanchilardan tozalanishi hech qanday tashrif bilan bog‘liq emasligi, bu odatiy hol ekanligini ma’lum qilgan.

2000-yilda AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonning Haydarobodga tashrifi oldidan huquq-tartibot organlari xuddi shunday chora-tadbirlarni amalga oshirgan edi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют