» » Olimlar muntazam ortiqcha ovqatlanish va jismoniy mashqlarning kamligi doim ham semirishga olib kelmasligini isbotladi

Olimlar muntazam ortiqcha ovqatlanish va jismoniy mashqlarning kamligi doim ham semirishga olib kelmasligini isbotladi


Olimlar ortiqcha ovqat iste’mol qilish va jismoniy mashqlarning yetishmasligi yuz foiz semirishga olib kelmasligini isbotladi. Tegishli tadqiqot natijalari Amerikaning Dyuk universitetining saytida e’lon qilindi.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, ankirin-B oqsilini tashuvchilar to‘g‘ri hayot tarzini kechirishiga qaramay ortiqcha vaznga ega bo‘laveradi. Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajriblar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ba’zi hollarda hayvonlarning yog‘ hujayralari glyukozani keragidan ortiqroq tezlikda so‘rib oladi. Agarda bunga o‘zgaruvchan metabolizm hamda yuqori yog‘li dieta qo‘shilsa, semirish holatidan deyarli qochib bo‘lmaydi.

Biologlarning ta’kidlashicha, ankirin-B o‘tmishdagi odamlarga ochlik vaqtlarida energiya zaxirasini to‘plash imkonini bergan, hozirgi zamonda esa oziq-ovqatlar yetarli bo‘lganligi sabab bu semirish epidemiyasiga olib kelishi mumkin.

Noyabr oyining boshida AQShdagi Beylor tibbiyot kollejining olimlari asprosin garmoni ishtaha va tana og‘irligini nazorat qiluvchi miya faoliyatini tartibga solishini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют