» » AQSh 15-noyabr kuni koinotga o‘zining birinchi yangi avlod meteorologik sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

AQSh 15-noyabr kuni koinotga o‘zining birinchi yangi avlod meteorologik sun’iy yo‘ldoshini uchiradi


AQSh 15-noyabr, chorshanba kuni koinotga o‘zining birinchi yangi avlod meteorologik sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NASA’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.

JPSS-1 qurilmasi o‘rnatilgan Delta II raketa tashuvchisi AQSh Harbiy-havo kuchlarining Vandenbergdagi bazasida mahalliy vaqt bilan soat 01:47 da uchiriladi. Ushbu sun’iy yo‘ldosh Yerni masofadan turib zondlash, shuningdek, Jahon okeani va atmosferani kuzatish uchun mo‘ljallangan.

Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, kosmik apparatga o‘rnatilgan beshta ilmiy qurilmalar ob-havo ma’lumotlarini sezilarli darajada aniqroq olishga xizmat qiladi. Sun’iy yo‘ldosh polyar orbitaga o‘rnashib, Yerdan 824 kilometr uzoqlikda sutkasiga uning atrofida 14 marta aylanishni amalga oshiradi.

JPSS-1 sun’iy yo‘ldoshi umumiy miqdorda Amerikaning beshta kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning ekspluatatsiyasi yetti yilni tashkil etishi lozim. Uchirishni United Launch Alliance kompaniya amalga oshiradi, u o‘z vaqtida Boeing va Lockheed Martin korporatsiyalari tomonidan asos solingan qo‘shma korxona hisoblanadi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют