» » Styuardessa o‘zida uchishdan qo‘rqish rivojlangani uchun British Airways’dan tovon puli talab qildi

Styuardessa o‘zida uchishdan qo‘rqish rivojlangani uchun British Airways’dan tovon puli talab qildi


Britaniyalik styuardessa Lyusi Sarjant o‘zida samolyotda uchishdan qo‘rqish rivojlangani uchun British Airways aviakompaniyasini sudga berdi, deb xabar beradi Evening Standard.

Styuardessa aviakompaniyadan 750 ming funt miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

Lyusining ma’lum qilishicha, u 2013-yilda Londondan Osloga uchayotgan Airbus A319 samolyotining dvigatellaridan birida yong‘in yuzaga kelgani va oqibatda yo‘lovchilarning sarosimaga tushganiga guvoh bo‘lgan. Uchuvchi parvoz boshlangan Xitrou aeroportiga qaytish haqida qaror qabul qilgan. Samolyot qo‘ndirilganidan so‘ng ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar shishirilgan traplar orqali evakuatsiya qilingan.

Mazkur hodisadan so‘ng Sarjant uyqu buzilishi, xavotirlanish, qo‘rqinchli tushlar va samolyotda uchishdan qo‘rqish kabi muammolarga duchor bo‘ldi.

Lyusi oxir-oqibat ishga chiqdi, biroq 2016-yilda u yana bir avariyaviy holatning guvohi bo‘ldi. Reys vaqtida samolyot saloni toksik tutun bilan to‘ldi. Shundan so‘ng Sarjant o‘z kasbi bilan bir umrga xayrlashdi.

Xabarda qayd etilishicha, aviakompaniya ayblovning asosli ekanligini tan olgan, hozirda tovon pulining miqdori muhokama qilinmoqda.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют