» » O‘zbekistonda tijorat banklarining litsenziyalari qayta rasmiylashtirildi

O‘zbekistonda tijorat banklarining litsenziyalari qayta rasmiylashtirildi


Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarorlari bilan O‘zbekistondagi barcha tijorat banklarining chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarining amal qilishi tugatildi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari qayta rasmiylashtirib berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bundan oldin Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga “Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalari”ga muvofiq bosh litsenziya, “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilar edi.

“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon talablariga muvofiq tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berish amaliyoti bekor qilindi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют