» » O‘zbekiston Markaziy banki ilk bor mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hajmini rasman e’lon qildi

O‘zbekiston Markaziy banki ilk bor mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hajmini rasman e’lon qildi


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kuz boshidan beri 750 million dollarga ko‘paydi va 1-noyabr holatiga 26 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Xalqaro press-klub yig‘ilishida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Odatda bu raqamlar e’lon qilinmas, oshkor etilmaydigan ma’lumot sanalardi. Davlat rahbari qaroriga muvofiq qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar ochiq manbalar sifatida ko‘rsatiladigan bo‘ldi. 1-yanvardan boshlab har bir muassasa, jumladan, Markaziy bank ham oltin-valyuta zaxiralari, pul massasi va barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni chop etib boradi. Bugun oltin-valyuta zaxiralari summasini rasman e’lon qilyapmiz”, — dedi Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari.

Ishmetovga ko‘ra, valyuta siyosatini liberallashtirishga tayyorgarlik chog‘ida ayrim iqtisodchilarni mamlakatda buning uchun zaxiralar yetarli ekanligi masalasi qiziqtirgan.

“Biz ularga o‘tgan yillar mobaynida to‘plangan oltin-valyuta zaxiralarini sarflash niyatimiz yo‘qligini tushuntirishga urindik. Kurs bozor tamoyillaridan kelib chiqib shakllanishini ma’lum qildik. Bu esa kursning qandaydir darajasini ta’minlash yoki himoya qilish uchun intervensiyalarimiz bilan aralashmasligimiz kerakligini anglatadi. Ijobiy natija qo‘lga kiritildi — ilk davr davlat, Markaziy bank tomonidan valyuta resurslarini yo‘naltirishsiz o‘tdi. Bozorga korxonalar valyutani xarid qilish va sotishga tayyor kursni shakllantirishga imkon berish uchun Markaziy bankning valyuta birjasidagi ishtiroki minimal darajada qoladi”, — izoh berdi Ishmetov.

Ma’lumot uchun, sentabr boshidan beri O‘zbekiston banklari 1,55 milliard dollarga teng valyutani sotib oldi. Bundan 644 millioni jismoniy shaxslar (ayirboshlash punktlari orqali), 915 millioni esa eksportchilarga tegishli.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 7) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют