» » Farg‘onada qimor o‘ynagan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi

Farg‘onada qimor o‘ynagan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi


Farg‘ona viloyati Beshariq tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qimorbozlar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

14-noyabr kuni Beshariq tumani IIB profilaktika inspektorlari tomonidan Hapalak qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Mning qurilishi tugallanmagan uy-joyi tekshirilganida u yerda bir necha fuqarolar o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynayotganligi aniqlanib ushlandi. Daliliy ashyo sifatida 120 000 so‘m pul va qartalar olindi.

Shuningdek, o‘sha kuni Qo‘rg‘oncha mahallasida yashovchi Yu.Uning yashash xonadonida fuqarolar U.Yu, U.R, X.N hamda B.N o‘rtaga pul tikib qimor o‘ynayotganligi aniqlanib ushlandi.

Daliliy ashyo sifatida qarta va pullar olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют