» » “Vagner” qo‘mondoni “Putinning oshpazi”ga tegishli restoran biznesining rahbariga aylandi

“Vagner” qo‘mondoni “Putinning oshpazi”ga tegishli restoran biznesining rahbariga aylandi


“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining qo‘mondoni deya taxmin qilunuvchi Dmitriy Utkin “Konkord menejment va konsalting” MChJ bosh direktori etib tayinlandi. Xolding tarkibidagi ushbu kompaniyaning boshqaruvchisi Yevgeniy Prigojinni “Putinning oshpazi” deya atashadi. Bu haqda “RBK” Prigojinning yaqinlariga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.

“SPARK-Interfaks” ma’lumotlar bazasida kompaniyaning yangi bosh direktori Dmitriy Valerevich Utkin ekanligi qayd etilgan — u xususiy harbiy kompaniya qo‘mondoni deb taxmin qilinuvchi shaxsning to‘liq otdoshi hisoblanadi. “Fontanka” nashrining jurnalisti Denis Korotkovning aytishicha, Prigojin “Vagner” XHKni moliyalashtirishi mumkin.

“Vager” — Ukraina hududida faoliyat ko‘rsatuvchi rossiyalik ko‘ngilli harbiylar guruhi. Ular avvaliga Donbassda, keyinchalik Suriyada jang qilgan. Utkinni esa 2016-yilning dekabrida Kremldagi qabulda payqab qolishgan.

Prigojinning “Konkord” kompaniyasi Rossiya prezidenti ma’muriyati ishlar boshqarmasiga oziq-ovqat, shuningdek, Moskva maktablariga tushlik yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 7) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют