» » Belarusda IShID tarafdori 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Belarusda IShID tarafdori 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindi


Belarusning Vitebsk viloyati sudi Polosk shahrida yashovchi 34 yoshli IShID tarafdorini 12 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Sud ayblanuvchi 2013-yilda Germaniyaga jo‘nab ketgani va u yerda e’tiqodini o‘zgartirib, islom dinini qabul qilganini aniqladi. U jangarilarning audiovizual, grafik va matnli targ‘ibot materiallarini qidirib topib, internet orqali tarqatgan.

2015-yilda Germaniyadan deportatsiya qilinadi, biroq noqonuniy harakatlarini davom ettiradi.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yil oktabrida ayblanuvchi portlovchi modda tayyorlab, uni huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aniqlanguncha kvartirada saqlagan. Shuningdek, yashash va ro‘yxatdan o‘tish joylarida yig‘ish uchun tayyorlab qo‘yilgan qo‘lbola portlovchi qurilma qismlari topildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют