» » Xitoy KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishda faqat BMT rezolyutsiyalarini tan olishini bildirdi

Xitoy KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishda faqat BMT rezolyutsiyalarini tan olishini bildirdi


Xitoy rahbari Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida erishilgan KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risidagi kelishuv faqat BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalari doirasida amalda bo‘ladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Pekin bir davlat tomonidan o‘zining ichki qonunchiligi asosida boshqa davlatga qarshi qo‘llanadigan istalgan bir tomonlama choralarga qarshi. Bu uzil-kesil yondashuv. Shu sababli Xitoy BMT Xavfsizlik kengashi tasdiqlagan rezolyutsiyalardan boshqa sanksiyalardan foydalanmaydi”, — dedi Gen Shuan.

Xitoy TIV oldinlari ham Koreya yarim orolidagi vaziyat tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori bo‘lgan va AQSh, Yevroittifoq hamda boshqa davlatlarning bir tomonlama harakatlariga qarshi chiqqan edi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют