» » O‘zmilliybank Germaniya banklari bilan 950 mln yevro hajmida kelishuvlarni imzoladi

O‘zmilliybank Germaniya banklari bilan 950 mln yevro hajmida kelishuvlarni imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Germaniyaning yetakchi banklari bilan umumiy miqdori 950 million yevroga teng bo‘lgan zayom kelishuvlarini imzoladi.

Kelishuvlarga 2017-yil 14—17-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining GFRga amalga oshirilayotgan tashrifi doirasida erishildi.

2017-yilning 15-noyabr kuni Myunxen shahrida O‘zbekiston—Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, tadbir davomida O‘zmilliybank GFRning yetakchi moliya muassasalari bilan kelishuvlar to‘plamini imzoladi.

Eng yirik kelishuv Deutsche Bank AG bilan imzolangan bo‘lib, uning miqdori 500 million yevroni tashkil etadi. U O‘zbekistonda keng ko‘lamli investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Shuningdek, Commerzbank AG bilan 350 million yevro hamda AKA Bank bilan 100 million yevro mikdoridagi kelishuvlar imzolandi. Ular investitsiya loyihalari, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Imzolangan zayom kelishuvlari “kafolatlanmagan”, ya’ni davlat kafolati taqdim etilishini talab qilmaydi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (15-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют