» » Fotogalereya: Bedavo dardga chalingan 5 yoshli qizaloq ta’sirli to‘y fotosessiyasida ishtirok etdi

Fotogalereya: Bedavo dardga chalingan 5 yoshli qizaloq ta’sirli to‘y fotosessiyasida ishtirok etdi


Amerikalik besh yoshli Sofiya Chiappalone tug‘ilganidan buyon genetik yurak porogidan aziyat chekadi. Shifokorlar qizaloq dunyoga kelganida, uning ota-onasiga farzandi ikki yildan ortiq yashay olmasligini ma’lum qilgan, deb xabar berdi 7MedNews.

Biroq hozirda u besh yoshga to‘ldi! Shunga qaramay shifokorlar har kuni uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda, ota-onasi esa qizini xursand qilish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilmoqda. Shu kunga qadar Sofiyaning yuragi uch marotaba operatsiya qilindi. Yaqin orada u yana bir bor jarrohlik stoliga yotqiziladi.

Sofiya vafot etishdan juda qo‘rqadi. Uning eng ulkan orzularida biri — yaqin do‘sti Xanter bilan oila qurish.

Qizning ota-onasi bemor farzandiga bu borada yo‘q deya olmadi. Albatta, ular rostmana to‘y uyushtirmadi, ammo bolalarga to‘y fotosessiyasini sovg‘a qilishdi.

Buning uchun Sofiya va Xanter uchun maxsus to‘y liboslar tikildi. Kelin oq libosda, sochlari turmaklangan va qo‘lida to‘y buketi bilan birga chiqish qildi.

Xanterning kiyimi esa kuzgi peyzaj bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qildi.

Sofiya kelinlik libosida o‘zini juda baxtiyor his qildi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют