» » O‘zbekistonda viloyatda ishlash tashabbusi bilan chiqqan shifokorlarga 50 foiz oylik ustama to‘lanadigan bo‘ldi

O‘zbekistonda viloyatda ishlash tashabbusi bilan chiqqan shifokorlarga 50 foiz oylik ustama to‘lanadigan bo‘ldi


O‘zbekistonda Toshkentdagi respublika tibbiyot muassasalaridan borib, viloyatlarda faoliyat boshlagan mutaxassislarning mehnatini munosib baholash choralari ko‘rildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, 10-noyabr kuni SSV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, respublika tasarrufidagi tibbiyot muassasalaridan viloyat tasarrufidagi tibbiyot muassasalariga rahbar lavozimlarga yuborilgan xodimlarning tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida oylik ustama haqi to‘lanishi belgilandi.

SSV matbuot xizmatining qayd etishicha, tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari samarali hamda maqsadli ishlatilishiga tibbiyot muassasasi qoshidagi maxsus komissiya va muassasa rahbarlari javobgar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, viloyatlarda ishlash tashabbusi bilan chiqqan yetakchi mutaxassislardan 134 nafar nomzod tanlab olinib, viloyatlardagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, bolalar shifoxonalari, endokrinologiya, kardiologiya, silga qarshi, teri-tanosil dispanserlari, onkologiya markazi filiallari, yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yuborilgani haqida avval xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют