» » Chilonzorda o‘g‘irlangan Nexia Sirdaryo viloyatidan topildi

Chilonzorda o‘g‘irlangan Nexia Sirdaryo viloyatidan topildi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadon oldidan 14-noyabr kuni tong soat 7:20 atrofida eshiklari ochiq, o‘t olgan holda qarovsiz qoldirilgan Nexia avtombili olib qochilgan, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida avtomobil 1998-yilda tug‘ilgan Ruslan Hamroboyev tomonidan olib qochilgani aniqlanib, u Sirdaryo viloyati hududida qo‘lga olingan, mashina rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilib, Hamroboyevning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют