» » Fotogalereya: Saudiya Arabistonining bo‘lajak podshohi qanday hayot kechiradi?

Fotogalereya: Saudiya Arabistonining bo‘lajak podshohi qanday hayot kechiradi?


Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon qisqa vaqt ichida o‘z mamlakatidagi va butun dunyodagi nufuzli odamlardan biriga aylandi. 32 yoshli shahzoda Saudiya Arabistoni harbiy va tashqi siyosatini o‘zgartirmoqda. Insider Pro mamlakatning bo‘lajak hukmdori qay tarzda hayot kechirishi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Shahzoda Muhammadning yoshligi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. U podshoh Salmonning uchinchi xotinining to‘ng‘ich o‘g‘li hisoblanadi va umrining asosiy qismini otasining soyasida o‘tkazgan.

New York Times’ning 2015-yildagi maqolasida yozilishicha, uning “ko‘tarilishi” ko‘pchilik uchun kutilmaganda sodir bo‘lgan, chunki “uning uchta akasi yuqori lavozimlarga da’vogar hisoblanardi”.

Merosxo‘r shahzoda Ar-Riyoddagi podshoh Saud universitetida bakalavr darajasini olgan va otasiga maslahatchi sifatida ko‘mak bergan.

New York Times’ning ma’lum qilishicha, shahzoda Muhammadga suv sporti turlari, shuningdek, iPhone va Apple’ning boshqa mahsulotlari yoqadi. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, uning sevimli mamlakati — Yaponiya, shahzoda “asal oyi”ni aynan shu mamlakatda o‘tkazgan.

Tajribasi kamligiga qaramay, u doim davlat ishida ishlashni rejalashtirgan. Shahzoda Muhammad hech qachon spirtli ichimlik iste’mol qilmagan, chekmagan va tungi ko‘ngilxushliklarga berilmagan.

Fransiyada hordiq chiqarayotganida shahzoda Serene yaxtasini ko‘rgan va uni darhol yarim milliard yevroga sotib olgan.

Shahzoda Muhammad birinchi bor yangiliklarda 2015-yilning yanvarida, podshoh Abdullaning o‘limidan so‘ng mudofaa vaziri lavozimini egallaganida paydo bo‘lgan.

O‘sha vaqtda uning yoshi 29 da edi, hozirda 32 yosh bo‘lishiga qaramay, u hamon eng yosh mudofaa vaziri hisoblanadi.

Bundan tashqari, aynan u Fors ko‘rgazi davlatlarini Qatarga qarshi baykot e’lon qilishda birlashishga da’vat qilgan.

Shuningdek, shahzoda Livan bosh vaziri Sa’d Haririyning iste’foga chiqishida muhim rol o‘ynagan ko‘rinadi.

Shahzoda Muhammad mudofaa vaziri bo‘libgina qolmay podshohlikning Saudi Aramco davlat neft kompaniyasini ham nazorat qiladi.

Yaqinda u mutlaq qayta tiklanuvchi energiya bilan ta’minlanadigan, qiymati 500 milliard dollarga baholangan “Neom” shahrining qurilishi haqida ma’lum qilgandi.

Merosxo‘r shahzoda o‘z qo‘li ostidagilarning diniy qarashlariga ta’sir etishga harakat qilib, ularni “mo‘tadil islom”ga qaytishga chaqirdi.

Bundan tashqari, u joriy yilda ayollarning avtomobil haydashiga ruxsat beruvchi qonunning qabul qilinishida ishtirok etdi.

2017-yilning iyuniga qadar Muhammad ibn Naif merosxo‘r shahzoda va ichki ishlar vaziri edi, biroq ushbu lavozimni Muhammad ibn Salmon egalladi.

 “Shahzoda Muhammad yosh bo‘lishiga qaramay o‘zining aql-u idroki bilan bizni hayron qoldirdi”, — degan edi AQSh sobiq prezidenti Barak Obama.

Trampning prezidentligi boshlanganida u AQSh rahbari bilan uchrashib, yangi ma’muriyat bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatgan.

Mudafaa vaziri sifatida esa bir necha bor AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan uchrashgan.

Shuningdek, u Trampning bosh maslahatchisi va kuyovi bo‘lmish Jared Kushner bilan ham do‘stona aloqada ekanligi ma’lum.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют