» » Chempionlar Ligasi masalasini hal qiladigan “Nasaf” — “Paxtakor” o‘yini na Ermatovga va na Kovalenkoga berildi

Chempionlar Ligasi masalasini hal qiladigan “Nasaf” — “Paxtakor” o‘yini na Ermatovga va na Kovalenkoga berildi


O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turidan joy olgan uchrashuvlar 19-noyabr — yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy o‘yinida Toshkentning “Paxtakor” klubi Qarshida “Nasaf” mehmoni bo‘ladi.

“Nasaf” — “Paxtakor” o‘yini Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan klub nomiga oydinlik kiritadi. Uchrashuvda kim zafar quchsa, o‘sha jamoa xalqaro maydonga yo‘l oladi. Durang natija ko‘proq “Nasaf” foydasiga ishlaydi. Bunda “Nasaf” 30-turni Namanganda “Navbahor”ga qarshi o‘tkazib, 1 ochko olsa ham kifoya bo‘ladi.

PFL sayti 29-tur bellashuvlariga tayinlangan hakamlar nomiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, mamlakatning ikki eng yaxshi hakami bo‘lgan Ravshan Ermatov va Valentin Kovalenko Qarshiga bormasligi oydinlashgan. Ular “Bunyodkor” va “Buxoro” klublari o‘rtasidagi o‘yinda ishlaydi. Kovanlenko va Tantashev darvoza ortiga qo‘yilgan bo‘lsa, Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidov ko‘maklashadi.

“Bunyodkor” — “Buxoro” o‘yini 6 hakam ishlagan Oliy Liganing ilk bellashuvi sifatida tarixdan joy oladi. Bungacha O‘zbekiston Kubogi va Birinchi Ligasida 6 talik hakamlar varianti amalda qo‘llab ko‘rilgandi. Oliy Ligadagi bu ish Ravshan Ermatovga Osiyo Chempionlar Ligasining finali oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. FIFA referisi 25-noyabr kuni Chempionlar Ligasining finalidan joy olgan “Urava Red” — “Al-Hilol” uchrashuvini boshqarib borishi kerak.

Shu tariqa finalga teng bo‘lgan “Nasaf” — “Paxtakor” o‘yini Zokir Qodirovga qoldi. Avvalroq “Paxtakor” va “Bunyodkor” o‘rtasidagi Toshkent derbisida ham ko‘pchilik Ravshan Ermatovni kutgan bo‘lsa-da, Ermatov “Neftchi” — “Qizilqum” o‘yinini boshqargandi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi

29-tur bellashuvlari

19-noyabr, yakshanba

“Neftchi” — “Mash’al”

“Qizilqum” — “Metallurg”

“Olmaliq” — “Navbahor”

“So‘g‘diyona” — “Qo‘qon-1912”

“Bunyodkor” — “Buxoro”

“Nasaf” — “Paxtakor”

“Dinamo” — “Lokomotiv”

Опубликовано: admin (15-11-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют