» » 2017-yilda o‘quvchilarning o‘qishga kelmasligi bilan bog‘liq 174 ming holat aniqlandi. Bu 2016-yilga nisbatan 94 mingga ko‘p

2017-yilda o‘quvchilarning o‘qishga kelmasligi bilan bog‘liq 174 ming holat aniqlandi. Bu 2016-yilga nisbatan 94 mingga ko‘p


O‘zbekistonda bolalarini tarbiyalash bo‘yicha o‘z burchini bajarmayotgan ota-onalarni javobgarlikka tortish yuzasidan amaldagi belgilab qo‘yilgan normalarga qaramay, ushbu sohadagi qonun hujjatlarining bajarilmasligi hollari o‘sayotganligi kuzatilmoqda.

O‘zAning qayd etishicha, 2014—2016-yillarda voyaga yetmagan bolalarini tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha ota-onalik burchlarini bajarmaganligi uchun salkam 50 ming nafar ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, aynan shu davrda salkam 33 ming nafar voyaga yetmagan yoshlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan, salkam 7 ming nafar o‘smir jinoyat sodir etgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Jamoldinovaning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilning o‘tgan davrida tekshirish jarayonida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchilari 174 mingdan ortiq holatlarda mashg‘ulotlarga kelmaganligi aniqlangan.

“Ushbu ko‘rsatkich 2016-yilda deyarli 80 mingtani tashkil etgan edi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют