» » O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutaning erkin sotilishi qachon yo‘lga qo‘yiladi?

O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutaning erkin sotilishi qachon yo‘lga qo‘yiladi?


O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutaning erkin sotilishi masalasi xalqaro press-klubning valyuta siyosatini liberallashtirishga bag‘ishlangan sessiyasida muhokama qilindi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Botir Zohidovning so‘zlariga qaraganda, hozir fuqarolarda har qanday ayirboshlash punktidan chet el valyutasini xalqaro plastik kartaga olish imkoniyati mavjud. Naqd pulning aylanishi shunday erkin yo‘lga qo‘yilishi uchun esa kutish kerak bo‘ladi.

“Valyuta hozir naqdsiz shaklda sotilayotgani haqida. Bu vaqtinchalik chora. U kurs asossiz ravishda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik va spekulyativ operatsiyalarning oldini olish maqsadida joriy etilgan. Albatta, biz ma’lum muddatdan so‘ng naqd pul sotilishini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz. Konkret muhlatlarni aytish qiyin, ammo biz bunga kelishimiz shubhasiz”, — dedi Zohidov.

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov islohotlarda bosqichma-bosqichlik muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Barcha masalalar, shu jumladan, naqd valyuta sotilishi ham sekin-asta hal qilinadi. Bunda, amaldorning so‘zlariga qaraganda, bu iqtisodiyotning, umuman olganda, eng ahamiyatsiz qismidir.

“Kurs devalvatsiyasining o‘tkazilishi va aholiga valyuta sotib olish imkoniyatini ochish — bu barcha kutgan muhim qadam. Ammo bu birinchi qadam. Hali o‘rganadigan va amalga oshiradigan ko‘p ish bor. Islohotning birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra Prezident yangi sharoitdagi tajribani inobatga olgan holda valyuta nazorati haqidagi qonunni ko‘rib chiqib, qayta yozishni topshirdi. Hozir biz tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning muammolarini sinchiklab o‘rganmoqdamiz. Ushbu barcha nyuanslarni yangi qonun loyihasini tayyorlashda inobatga olamiz. Islohot albatta yakunlanadi. Asosiy kriteriy — islohotlar ortga qaytmasligini ta’minlash. Boshlagan ekanmiz, ishni oxiriga yetkazishimiz, hech ham ortga qaytmasligimiz lozim”, — tushuntirdi Ishmetov.

Markaziy bank vakillarining so‘zlariga qaraganda, islohot shubhasiz yakuniga yetkaziladi, barcha nyuanslar hal qilinadi. Naqd valyutaning jismoniy va yuridik shaxslarga erkin sotilishi, shuningdek, respublika banklarida ayirboshlanadigan chet el valyutasi ro‘yxatini kengaytirish shular jumlasidandir.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют