» » Putin birinchi marta Donetsk va Lugansk ayirmachilari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi

Putin birinchi marta Donetsk va Lugansk ayirmachilari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin tan olinmagan Donetsk va Lugans tuzilmalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Aytilishicha, muzokaralar davomida “Ukraina tanlovi — xalq huquqi” harakati yetakchisi Viktor Medvedchuk bildirgan asirlarni almashish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Oldin Putinning ayirmachilar rahbarlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari haqida ma’lum qilinmagan.

Medvedchuk va Putinning uchrashuvi Moskva viloyatidagi Istra shahrida prezidentning Novo-Ierusalim erkaklar ibodatxonasiga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Medvedchuk Putinga Ukraina Donbassda asirlar almashish doirasida 300 kishini ozod qilishga tayyorligini bildirdi. Kiyev ayirmachilar Yangi yilga qadar 70 kishini ozod qilishini kutmoqda.

“Sizga murojaat qilib, insonparvarlik namoyish qilishingizni hamda tan olinmagan respublikalar yetakchilari Zaxarchenko va Plotniskiylarga murojaat etib, almashinuvning birinchi bosqichi sifatida shu ayirboshni o‘tkazishingizni va ko‘rsatilgan shaxslarni ozod qilishingizni so‘rayman”, — dedi Medvedchuk Putinga.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют