» » Argentina Nigeriyadan mag‘lub bo‘lgach, Maradona harakatga tushdi. U terma jamoani berishlarini so‘radi

Argentina Nigeriyadan mag‘lub bo‘lgach, Maradona harakatga tushdi. U terma jamoani berishlarini so‘radi


Argentina milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Nigeriyadan yengilgach, mamlakat futboli afsonasi Diyego Armando Maradona harakatga tushdi. U o‘z Instagram sahifasiga rasm joylab, Argentinani boshqarishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘tib, unda 2:0 hisobi bilan oldinda borayotgan argentinaliklar yakunda 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu esa mahalliy muxlislar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Kim ko‘proq g‘alabani qo‘lga kiritgan? Keling, xulosa chiqaramiz.

Men havotirdaman. Chunki ular obro‘ni yo‘qotishmoqda. Yigitlarni esa aybdor deb bilmayman. Men qaytishni xohlayman!

Diyego Maradona, mutaxassis

57 yoshli Maradona Argentina rulida faoliyat olib borgan murabbiylar statistikasini sahifasiga joyladi. Bu bejiz emas, chunki eng yaxshi statistik ko‘rsatkich Maradonaning o‘ziga tegishli. Murabbiy Argentina bosh murabbiyi sifatida o‘zi o‘tkazgan o‘yinlarning 75 foizida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan.

Maradona Argentinani 2008-yilning oktabridan 2010-yilning iyuliga qadar boshqargan. Uning boshchiligida argentinaliklar JCh chorak finalida to‘xtagan.

Amaldagi bosh murabbiy Xorxe Sampaoli JCh—2018 saralashini ham zo‘rg‘a o‘tkazib, bir amallab 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Braziliya, Urugvay, Kolumbiyadan ortda qoldi. Noyabrdagi FIFA kunlarini esa Argentina uchun muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Nigeriyaga qadar Rossiya mag‘lub etilgan bo‘lsa-da, gol offsaydli hujum natijasida yuzaga kelgandi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют