» » “Paxtakor”ning sobiq bosh murabbiyi Miodrag Radulovich Livan termasi bilan tarixiy natija qayd etdi

“Paxtakor”ning sobiq bosh murabbiyi Miodrag Radulovich Livan termasi bilan tarixiy natija qayd etdi


Futbol bo‘yicha Livan milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Osiyo Kubogiga yo‘llanma oldi. Endilikda livanlik futbolchilar 2019-yilning yanvar oyida Amirliklarga tashrif buyurib, Osiyo taxti uchun kurashda bo‘ladi.

Bungacha Livan biror marta bo‘lsin Osiyo Kubogining saralash bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘ta olmagandi, deb yozdi “Championat.asia”. 2000-yil Livan Osiyo Kubogini o‘zida qabul qilgan va mezbonligi uchun ham saralashdan ozod etilgandi.

Bu muvaffaqiyatga Livan termasi serbiyalik Miodrag Radulovich boshqaruvida erishdi. U termani 2015-yilning boshida qabul qilib olgandi. Shundan keyin Livan 13 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, shularning 6 tasida zafar quchdi va 7 tasida durang o‘ynadi. Radulovich murabbiy bo‘lgach, Livan mag‘lub bo‘lmadi.

Mazkur mutaxassis 2010-yilning yanvaridan boshlab to apreliga qadar Toshkentning “Paxtakor” klubiga ham ustozlik qilgan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют