» » Yil oxiriga qadar O‘zbekistonga 200 ga yaqin bankomat olib kiriladi

Yil oxiriga qadar O‘zbekistonga 200 ga yaqin bankomat olib kiriladi


O‘zbekistonda bankomatlar soni o‘sishda davom etadi. Yil oxiriga qadar mamlakatning bir necha banki 200 ga yaqin bankomat olib kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.uz”.

Uning ta’kidlashicha, “bu mahsulot mamlakatda oddiy sababga ko‘ra rivojlanmagan edi — mamlakatda naqd mablag‘ bilan ta’minlash muammosi bor edi”.

“Bankomatlar sotib olishdan hech qanday ma’ni yo‘q edi. Ichida naqd pul bo‘lmasa, o‘rnatib nima kerak? Hozir biz naqd mablag‘ muammosini hal qildik. Endi bankomatlarning tarqalishi banklarning imkoniyatlariga bog‘liq. Bir tomondan, bizda bankomatlar deyarli yo‘qligini inobatga olsak, bu juda katta kapital kiritmalarni talab qiladigan infrastrukturadir”, — ta’kidladi Ishmetov.

Shuningdek, u Markaziy bank ushbu jarayonlarga ko‘p aralashmaslikka harakat qilayotganini ta’kidladi:

“O‘tgan yillar amaliyoti isbotladi: Markaziy bank aralashib, banklarga nima qilishni o‘rgatganda, istalgan narsa amalga oshmaydi”.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют