» » Afrika ittifoqi Zimbabve harbiylarini darhol isyonni to‘xtatishga chaqirdi

Afrika ittifoqi Zimbabve harbiylarini darhol isyonni to‘xtatishga chaqirdi


Afrika ittifoqi Zimbabvedagi vaziyatdan xavotirdaligini bildirib, mamlakatda konstitutsion tizimni tiklashga chaqirdi. Bu haqda Gvineya prezidenti, tashkilot raisi vazifasini bajarayotgan Alfa Konde bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Avvalroq harbiy xizmatchilar guruhi Xararedagi Zimbabve davlat teleradiokompaniyasi binosini o‘z nazorati ostiga olgani xabar berilgan edi. Qurollangan askarlar shahar markazini ham egallab oldi, u yerda portlashlar ovozlari eshitildi. Otishmalar tovushlari mamlakatning 93 yoshli prezidenti Robert Mugabening qarorgohi yaqinidan ham eshitilgan.

Ammo bir muddatdan so‘ng Zimbabve harbiylari davlat to‘ntarishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

BMT Zimbabvedagi vaziyatni kuzatayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, prezident Robert Mugabening rafiqasi Greys Namibiyaga qochgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

“Afrika ittifoqi mavjud qat’iyat bilan davlat to‘ntarishiga o‘xshash xatti-harakatlarni qoralaydi va mamlakatning qonuniy organlarini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi”, — deyiladi Gvineya prezidenti tarqatgan kommyunikeda.

Shuningdek, u Zimbabve harbiylarini darhol konstitutsion tartibga bo‘ysunishga hamda isyonni to‘xtatishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют