» » Shveysariyada o‘z turdoshlarini kuzatuvchi robot-baliq yaratildi (video)

Shveysariyada o‘z turdoshlarini kuzatuvchi robot-baliq yaratildi (video)


Shveysariyaning Lozanna federal politexnika maktabi mutaxassislari danio-rerio balig‘ining robot ko‘rinishini yaratdi. U o‘z turdoshlarini kuzatadi. Qurilma yordamida olimlar suvosti jonzotlarining o‘zaro aloqasi va qaror qabul qilishi bilan bog‘liq ko‘proq ma’lumot olishni ko‘zlamoqda. Bu baliqning tanlanishi bejizga emas — u yuqori tezlikda harakatlanishi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartirish odati bilan tanilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

“Josus” baliqning uzunligi yetti santimetrni tashkil qiladi. Bu o‘lcham haqiqiy baliqlar o‘lchamidan biroz uzun bo‘lib, boshqa jihatlardan robot tirik baliqdan farq qilmaydi. Robotga kichik dvigatel bilan bog‘langan magnit o‘rnatilgan. Dvigatelning o‘zi esa akvarium ostiga joylashtirilgan bo‘lib, u robot-baliqni boshqaradi. Mualliflar sifatga va baliq dumining harakatchanligiga alohida e’tibor qaratgan. Chunki bu danio-rerioning muloqotida asosiy jihat hisoblanadi.

Tajribalar tirik baliqlar bo‘lgan kichik akvariumda o‘tkazilgan. Olimlar baliqlarning robotga nisbatan reksiyasini va uning qanday qilib tirik baliqlar “ishonchiga kirganini” o‘rgangan. Mutaxassislar bir nechta akvariumdan foydalangan, ularning ba’zilari koridor shaklida bo‘lgan. Tajribalar baliqlarning o‘nta turli guruhida o‘tkazilgan, ularning har birida to‘rttadan baliq bo‘lgan. Robotning haqiqiyligiga shubha qilmagan tirik baliqlar uning ortidan ergashgan.

Tirik baliqlarni ishontirish uchun olimlar robotni danio-rerio rangiga bo‘yagan, unga sun’iy suzgichlar o‘rnatgan hamda robotda baliqlarning standart tezligini, uning qondoshlari o‘rtasidagi masofa va ularning dumi tebranishini hisobga olgan.

Nazariyaga ko‘ra, yangi “josus” biologiyaga nafaqat hayvonlarning o‘zini tutishini tushunishda yordam berishi, balki guruhlar qaroriga ta’sir qilish imkonini berishi mumkin.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют