» » Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Trampni AQSh prezidentligiga noloyiq deb hisoblaydi

Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Trampni AQSh prezidentligiga noloyiq deb hisoblaydi


Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga munosib emas deb hisoblaydi. Kvinnipeks universiteti (Konnektikut shtati) tomonidan tashkillangan yangi sotsiologik so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya ma’lum qiladi “TASS”.

So‘rovda ishtirok etganlarning 57 foizi Trampni oliy davlat lavozimi uchun noloyiq sanaydi. Bu universitet tomonidan Trampning yanvar oyida o‘tkazilgan inauguratsiya marosimidan beri o‘tkazib kelingan shunday so‘rovlar orasida eng past ko‘rsatkich.

Respondentlarning 58 foizi AQSh prezidentini insofsiz, 59 foizi yetakchilik xususiyatlari yetishmaydigan, 65 foizi esa bosiq bo‘lmagan odam canaydi. So‘ralganlarning 62 foizi Oq uy rahbari aksariyat amerikaliklarning qadriyatlarini qabul qilmasligiga ishonchi komil.

Shu bilan birga, respondentlarning 58 foizi Trampga kuchli, 55 foizi esa aqlli shaxs sifatida baho bergan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют