» » Bosh prokuratura: Uch opa-singil o‘limida aybdorlarni javobgarlikka tortishning barcha choralari ko‘riladi (video)

Bosh prokuratura: Uch opa-singil o‘limida aybdorlarni javobgarlikka tortishning barcha choralari ko‘riladi (video)


Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumanida istiqomat qilib kelgan uch opa-singilning bir kunda ketma-ket vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

“O‘zbekiston” telekanalining “Axborot 24” dasturi 15-noyabr sonida mazkur masalaga to‘xtalib o‘tildi. Unda, jumladan, holat yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayoni yuzasidan Bosh prokuratura vakilining axboroti berildi.

Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Vohib Sharopovning so‘zlariga ko‘ra, opa-singil Qosimovalarning 8-noyabrdagi o‘limi yuzasidan 9-noyabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qilgan opa-singil Qosimovalarning joriy yil 8-noyabr kuni qayd etilgan o‘limi holati yuzasidan 9-noyabr kuni prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Qosimovalar o‘limining aniq sabablarini aniqlashga qaratilgan zarur tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu jumladan, kompleks sud-tibbiyot va sud-kimyoviy ekspertizalari o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularning natijasiga ko‘ra tergov harakatlarining keyingi yo‘nalishlari belgilanadi hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishning barcha choralari ko‘riladi.

Vohib Sharopov, Bosh prokuratura rasmiy vakili

“Axborot 24” o‘z lavhasi so‘ngida tegishli tekshiruv natijalari va tahlillari tayyor bo‘lganidan so‘ng, mazkur mavzuga yana qaytishini bildirdi.

Qizaloqlar o‘limi haqida dastlab paydo bo‘lgan xabarlarda ular vafoti arafasida tabib tayyorlab bergan damlama ichgani, bundan tashqari, qiyma kabob tanovul qilib, keyinroq og‘riq qoldiruvchi dori iste’mol qilgani — o‘lim sabablari sifatida aynan shu holatlar ko‘rilayotgani ta’kidlangan edi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati qizaloqlarning eng kattasi 10 yoshda, kenjasi 4 yoshda bo‘lganini ma’lum qilgan edi. “Nuz.uz” vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib, sud-tibbiy ekspertizasi natijalari 15-noyabrda, UzNews esa o‘z manbasiga tayanib, tahlil natijalari 10 kun ichida e’lon qilinishi haqida xabar bergan edi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют