» » Peskov Putinning Donetsk va Lugansk xalq respublikalari yetakchilari bilan suhbati tafsilotlarini ma’lum qildi

Peskov Putinning Donetsk va Lugansk xalq respublikalari yetakchilari bilan suhbati tafsilotlarini ma’lum qildi


Tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari yetakchilari Aleksandr Zaxarchenko va Igor Plotnitskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kiyev bilan asirlarni ayirboshlash g‘oyasini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Putin suhbatdoshlariga Medvedchukning ikkala tomonda ham tutib turilayotgan shaxslar bilan katta ko‘lamli ayirboshlash haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi”, — dedi u.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Zaxarchenko va Plotnitskiy “umuman olganda bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi”, ammo ushbu masalaning Kiyev vakillari bilan qo‘shimcha ko‘rib chiqilishi zarurligiga e’tibor qaratdi.

Avvalroq “Ukraina tanlovi — xalq huquqi” harakati yetakchisi Viktor Medvedchuk Putin bilan uchrashuvda asirlarni almashish taklifini bildirgan edi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют