» » Rio-de-Janeyrodagi plyajlardan birida o‘lik kit sohilga chiqib qoldi

Rio-de-Janeyrodagi plyajlardan birida o‘lik kit sohilga chiqib qoldi


Rio-de-Janeyro aholisi 15-noyabr, chorshanba kuni shahar plyajlaridan birida qirg‘oqqa chiqib qolgan bukri kitni ko‘rib qoldi, deb yozadi “TASS”.

Og‘irligi 30 tonna, uzunligi 13—15 metr bo‘lgan jonivor shaharning eng gavjum plyajlaridan biri — Ipanemadan topildi. Voqea joyiga Atrof-muhitni himoya qilish va yangilanuvchi tabiiy manbalar bo‘yicha Braziliya instituti xodimlari yetib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sut emizuvchi nobud bo‘lganidan keyin sohilga chiqib qolgan.

Ayni paytda plyajdan kit tanasini olib ketish ishlari davom etmoqda. Hodisa joyiga uchta ekskavator, yuk ko‘taruvchi kran va yuk ortuvchi mashina yuborildi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют