» » Uzoq umr ko‘rish geni topildi

Uzoq umr ko‘rish geni topildi


Yaponiya, AQSh va kanadalik tadqiqotchilar guruhi inson DNKsidagi uzoq umr ko‘rish imkonini beruvchi, metabolizmni yaxshilovchi va diabet rivojlanishi xavfini kamaytiruvchi mutatsiyani aniqladi. Bu haqda EurekAlert! xabarida aytiladi.

Mutaxassislar AQShning Indiana shtati, Bern shahrida yashovchi amishlar diniy jamoatchiligi vakillari orasida genetik tahlil o‘tkazdi. 43 kishining DNKsi PAI-1 plazminogen aktivatori ingibitor-1 ni kodlovchi SERPINE1 genining nofunksional nusxasidan iborat ekanligi aniqlandi.

PAI-1 oqsilining ko‘p miqdorda bo‘lishi eski hujayralarga xosdir. Mutatsiyalangan SERPINE1 bo‘yicha geterozigotali odamlar uchun (genning ikkita nusxasidan biri nuqsonli bo‘ladigan holat) leykotsitlar hujayralarida telomerlarning ancha uzun bo‘lishi, qondagi insulin miqdori past bo‘lishi xos bo‘ldi. Mutatsiya sohiblari diabet bilan kamroq kasallangan, shuningdek, uzoq umr ko‘rgan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют