» » Yaponiyalik erkak o‘z joniga qasd qilish istagidagi Twitter foydalanuvchilarining boshini uzib tashlagan

Yaponiyalik erkak o‘z joniga qasd qilish istagidagi Twitter foydalanuvchilarining boshini uzib tashlagan


Yaponiya hukumati o‘z joniga qasd qilish niyatidagilarning boshini tanasidan judo qiluvchi manyak tufayli, ijtimoiy tarmoqlarda xudkushlik mazmunidagi postlarni cheklab qo‘yadi, deb yozadi Daily Mail.

Ta’kidlanishicha, ketma-ket shafqatsiz qotilliklarda gumonlanayotgan Takaxiro Shiraishi (uni “Twitter’lik qotil” deb atashmoqda) o‘z hayotiga nuqta qo‘yish niyatini bildirib post qoldirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini aldab-suldab qo‘lga tushirgan va ularning boshlarini uzib tashlagan. 15—26 yoshdagi jami to‘qqiz kishi uning qurboniga aylangan.

23 yoshli ayolning g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq ishni tekshira turib, politsiya Shiraishini qo‘lga olgan. Qiz Twitter’ga “o‘zi bilan birga o‘lishga tayyor odamni qidirayotgani” haqida post joylagan, unga “Twitter’lik qotil” javob qilib, unga yordam berishga va’da bergan. Qizning yordamida politsiya Shiraishini qo‘lga tushirgan. Uning Tokio tashqarisidagi uyidan bir oy avval g‘oyib bo‘lgan odamlarning jasadlari topilgan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют