» » Olmaliqda harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (foto)

Olmaliqda harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (foto)


Olmaliq shahridagi “Metallurg” san’at saroyida o‘quvchi-yoshlarning harbiy xizmatchilar bilan “Mening armiyam – mening g‘ururim” mavzusida uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqda mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan mazkur uchrashuvda mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari, muzey xodimlari tomonidan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilariga armiyaning mudofaa qudrati, harbiy xizmatni o‘tash tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tashkil etilgan mazkur uchrashuvda o‘quvchi yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar davlat muzeyining ko‘chma eksponatlari namoyish etilib, muzey faoliyati haqida tushunchalar berildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli yig‘ilganlarga milliy armiya qudratini madh etuvchi konsert dasturini taqdim qildi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют