» » NASA Mars yuzasiga qo‘ndirish uchun mo‘ljallangan parashyutning ilk sinovini o‘tkazdi (video)

NASA Mars yuzasiga qo‘ndirish uchun mo‘ljallangan parashyutning ilk sinovini o‘tkazdi (video)


NASA Mars 2020 missiyasi davomida Qizil sayyora yuzasiga qo‘ndirish mo‘ljallangan parashyutning ilk sinovini o‘tkazdi. Sinov aks etgan video agentlik saytida joylashtirildi.

Tajriba davomida Uollops kosmodromidan (Virjiniya shtati) Black Brant IX raketasida 51 kilometr balandlikka parashyut va o‘lchov qurilmasi uchirildi. 42 kilometr balandlikda va tovushdan 1,8 barobar oshiq tezlikda parashyut ochildi.

Raketa parvozidan 35 daqiqa o‘tib parashyut Atlantika okeanida, Uollops orolidan 54 kilometr janubi-sharkda qo‘ndi. Sinov muvaffaqiyatli yakunlandi deb baholandi.

Mars 2020 missiyasi Qizil sayyoraga 2020-yilda yuborilishi kutilmoqda. Marsda hayotning geologik izlarini qidirish uning vazifalari sirasiga kiradi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют