» » Video: Krasnodarda Nexia YTH sodir etganidan so‘ng, “moyka”da bir erkakni urib yubordi

Video: Krasnodarda Nexia YTH sodir etganidan so‘ng, “moyka”da bir erkakni urib yubordi


Rossiyaning Krasnodar shahridagi kuzatuv kameralaridan biri 13-noyabr soat 16:07 da Daewoo Nexia avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTHni tasvirga oldi, deb xabar berdi “1news.uz”.

YTHga uchragan Nexia’ni O‘zbekiston fuqarosi boshqargan. Mashina o‘zidan oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘lga chiqqan va Toyota Corolla bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuvdan so‘ng Nexia o‘z harakat trayektoriyasini keskin o‘zgartirib, eshiklari ochiq turgan “avtomoyka”ga kirib ketgan. U yerda Hyundai va Mercedes avtomobillari va ularga xizmat ko‘rsatayotgan xodim bo‘lgan. Nexia nafaqat mashinalarni, balki ulardan birini yuvayotdan xodimni ham urib yuborgan.

Avariya sababchisiga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketganlik borasida ma’muriy bayonnoma tuzilgan. U 5 ming rubl jarimaga tortilishi yoki yarim yilga haydovchilik guhovnomasidan mahrum qilinishi mumkin. Aniqlanishicha, YTH sodir etgan haydovchi mast bo‘lmagan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют