» » O‘zbekistondagi 3 ta tibbiy muassasada a’zoni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya qilina boshlandi

O‘zbekistondagi 3 ta tibbiy muassasada a’zoni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya qilina boshlandi


O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor transplantologiya (a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish) ning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining “Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori shunday amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

Ushbu hujjat surunkali buyrak va jigar kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarni yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta’minlash, yaqin qarindoshlik transplantatsiyasini tashkil qilish maqsadida qabul qilindi. Nizom buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibini, transplantatsiyani bajarishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, donor va retsipiyentning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.

Dunyoning sanoqli davlatlaridagina amalga oshiriluvchi bunday yuqori texnologik operatsiyalar endi O‘zbekistondagi uchta yirik muassasa—Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida qilina boshlanadi.

Transplantatsiya o‘tkazishning zarurati to‘g‘risidagi uzil-kesil qaror Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Operatsiyani o‘tkazish uchun donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar bo‘lagini olishga undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligini olish kerak. Bunda u har tomonlama tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi darkor.

Transplantatsiya bajarilgandan so‘ng donor va retsipiyent kamida uch yil davomida profilaktik dispanser ko‘rigi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, ambulatoriya nazoratida bo‘lgan bemorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan ta’minlanadi.

Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik nizomi “Inson organlari, to‘qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirguncha amal qiladi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют